Biz haqimizda
ALVONRANG — dekorativ boʻyoq ishlab chiqaruvchilar uchun xomashyo: pudra, zar (slyuda) va boshqa maxsus rangli materiallarni yetkazib beruvchi kompaniya. Biz 2020-yildan beri bozorda ishlaymiz va shu davr ichida 300 dan ortiq mijozga xizmat koʻrsatdik.
Biz boʻyoq ishlab chiqarmaymiz — biz Ottocento, Travertin va shunga oʻxshash dekorativ qoplamalar ishlab chiqaruvchilarga xomashyo yetkazamiz. Xitoydagi hamkor zavodlarga bevosita borib, mahsulotni manbasidan tekshirib olamiz. Mahsulotlarimizni Oʻrta Osiyo boʻylab — Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Afgʻonistonga yetkazib beramiz.

- Yildan beri ishlaymiz
- 2020
- Xizmat koʻrsatilgan mijoz
- 300+
- Hamkor zavod
- 10+
- Mahsulot
- 91+
Nima uchun biz
Afzalliklarimiz
Nima uchun ishlab chiqaruvchilar AlvonRang bilan uzoq muddatli hamkorlik qiladi.
Manbadan taʼminot
Xitoydagi hamkor zavodlarga bevosita borib, ishlab chiqarish jarayonini oʻz koʻzimiz bilan koʻramiz — mahsulotni faqat sotib emas, manbasigacha oʻrganib yetkazamiz.
Doimiy ombor zaxirasi
Ishlab chiqarishingiz xomashyo kutib toʻxtab qolmasligi uchun, omborimizda doimiy zaxira saqlanadi.
Har partiyada barqaror sifat
Bugungi va keyingi buyurtmangiz orasida sifat farq qilmaydi — har partiya bir xil nazoratdan oʻtadi.
Buyurtma hajmi cheklanmaydi
Bitta qadoqmi, yirik partiyami — har bir mijozga bir xil tezkor va sifatli xizmat koʻrsatamiz.
Micron yashirilmaydi
Mahsulot qadoqda koʻrsatilgan Micron (zarracha oʻlchami) haqiqiy va yashirilmaydi — nima yozilgan boʻlsa, shu yetkaziladi.
Oʻrta Osiyo boʻylab yetkazamiz
Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Afgʻonistonga muntazam yetkazib beramiz.
Namuna va yetkazib berish bepul
Namunalar hamisha bepul. 100 kg dan ortiq buyurtmalarga Toshkent boʻylab yetkazib berish ham bepul.
Bepul maslahat va tajriba
Mahsulot bilan birga bilim va tajribamizni ham bepul ulashamiz — qaysi Micron qaysi Ottocento turiga mos kelishini oʻzimiz aytib beramiz.
Xitoyda oʻz ofisimiz
Xitoy davlatida ham faoliyat yuritamiz — u yerda oʻz ofisimiz bor va xitoy tilida tarjimonsiz bevosita gaplashamiz.
Sifat kafolati
Mahsulot sifatiga toʻliq javobgarmiz. Agar mahsulot olgan namunangizga mos kelmasa, xarid qilingan kundan 10 kun ichida murojaat qiling — bepul almashtirib beramiz.
Doimiy yangilanish
AlvonRang jamoasi izlanishdan toʻxtamaydi — dekorativ boʻyoqlar sohasi uchun doimiy ravishda yangi mahsulotlarni qidirib topamiz.
Oʻzbekistonda yagona assortiment
Bizda oʻzbekiston bozorida boshqa hech kimda topilmaydigan pudra va kukun turlari ham mavjud.
Kimlarga xizmat koʻrsatamiz
Asosiy mijozlarimiz — pigment va rangli materiallarga muntazam ehtiyoj sezadigan yirik ishlab chiqarish korxonalari. Oʻzbekiston boʻyicha 70–80% zavodlar bilan ishlaymiz.
Yirik ishlab chiqarishlarga yetkazib berish
Katta hajmdagi buyurtmalarni muntazam yetkazib beramiz — Ottocento uchun 40 dan ortiq xil mahsulot mavjud.
Maxsus buyurtmalar boʻyicha yordam
Katalogda yoʻq boʻlsa ham, sizga mos keladigan noyob modellarni qidirib topamiz.
Aniq texnik maʼlumotlar
Har bir mahsulot uchun kod, Micron va qadoqlash koʻrsatkichlari.

Manba nazorati
Zavodga oʻzimiz boramiz
Mahsulotni faqat sotib olib qayta sotish oʻrniga, Xitoydagi KUNCAI va LINGBAO kabi hamkor zavodlarning ishlab chiqarish jarayoniga bevosita boramiz — mahsulot turlari, sifati va qoʻllanilish sohasini zavodning oʻzidan bilib olamiz.
- Ishlab chiqarish jarayonini oʻz koʻzimiz bilan koʻramiz
- Mahsulot sifati va turlarini zavoddan bevosita bilib olamiz
- Faqat sotib emas — manbasigacha oʻrganib yetkazamiz
- Konteyner joylashtirishdan logistikagacha — barchasini oʻzimiz tashkil qilamiz
10+
Xitoydagi zavod bilan bevosita hamkorlik
Hamkor zavodlar
Biz quyidagi zavodlar bilan hamkorlik qilamiz. Har bir mahsulot faqat bitta zavodga tegishli.





